FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
8 Fevral 2022 5359

ROZKda zamonaviy uchkurash va to‘rtkurash bo‘yicha mamlakat ochiq kubogi o‘tkazildi

4-8 fevral kunlari Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida zamonaviy uchkurash va to‘rtkurash bo‘yicha Respublika ochiq kubogi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada Andijon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlari va poytaxtimizdan 162 nafar sportchi ishtirok etdi.

Ta’kidlash joiz, reglamentga kiritilgan barcha yo‘nalishlarda Andijon viloyati vakillari eng yuqori natijalarni qayd etishdi. Shuningdek, yuqori natijalari bilan ajralib turgan boshqa ishtirokchilar tashkiliy qo‘mita tomonidan alohida e’tirof etildi.

G‘olib va sovrindorlar federatsiya raisi Bahromjon Gaziyev hamda Qishki va murakkab texnik sport turlari bo‘yicha ROSMM direktori o‘rinbosari Eldor Tojimov tomonidan taqdirlanishdi.

Text to speech