FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
8 Fevral 2022 2290

Aleksandr Ponomaryovni tabriklaymiz!

Bugun baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Ponomaryov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Aleksandr Ponomaryov 1959 yil 8 fevral kuni tug‘ilgan. 13 yoshidan beri eshkak eshish sporti bilan shug‘ullanib keladi. Faoliyati davomida ko‘p karra O‘zbekiston va Sobiq Ittifoq chempionatlarining g‘olib va sovrindori bo‘lgan. Murabbiylik faoliyati davomida Vadim Menkov, Gerasim Kochnev, Serik Mirbekov kabi iqtidorli sportchilarni tarbiyalab bergan. 2010 yil bir qator mahoratli shogirdlarni tayyorlashdagi xizmatlari uchun davlatimiz tomonidan "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi" faxriy unvonini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Aleksandr Ponomaryovni tavallud kuni bilan tabriklab, u kishiga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech