8 Fevral 2022 2315

Ukrainalik olim kurashchilarimizda psixofiziologik tajribalar o‘tkazdi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi sport kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan Olimpiya zaxiralari maktabida Ukraina davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professori, biologiya fanlari doktori Korobeynikov Georgiy Valerevich yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarida psixofiziologik tajribalar o‘tkazdi.

Mazkur jarayon O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tajribada yunon-rum kurashi bo‘yicha terma jamoa murabbiylari, shifokorlar, O‘zDJTSUning professor-o‘qituvchilari, Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutining doktorantlari ishtirok etishdi.

Tajriba o‘tkazish jarayonida doktorantlar multipsixolog (sportchilarni psixologik holatini baholashni aniqlashda yordam beradigan kompyuter dasturi orqali ishlaydigan moslama) va fazagraf (ko‘chma elektro kardiogramma) apparatlarida chuqurlashtirilgan tekshiruvlar olib borishdi hamda olingan natijalarni tahlil qilish bo‘yicha kerakli ko‘nikmalarni oldilar.

Text to speech