18 Fevral 2026 84

Ikki nafar yengil atletikachimiz Turkiyada sovrindor boʻlishdi

Turkiyaning Istanbul shahrida yengil atletika boʻyicha xalqaro musobaqa boʻlib oʻtdi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasining ikki nafar a’zosi shohsupaga koʻtarildi.

Uzunlikka sakrash bahslarida Anvar Anvarov 7,71 metr bilan oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, uch hatlab sakrash dasturida Ibrohim Mahkamov (16,19 m) ikkinchi oʻrinni egalladi.

Text to speech