Bugun eng ko‘p medallar o‘ynaladigan kun
Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarining to‘rtinchi kuni musobaqa davomida eng ko‘p medallar o‘ynaladigan kun ekani bilan yanada ahamiyatli. Bugun muxlislar 10 ta yo‘nalishda Olimpiya chempionlarini qarshi olishadi. Kun davomida tog‘ chang‘isi, biatlon, chang‘i poygasi, kyorling, fristayl, chana sporti, snoubord va konkida uchish bo‘yicha medallar o‘ynaladi. Batafsil:
07:45 – Fristayl. Ayollar, big eyr
08:00 – Tog‘ chang‘isi. Ayollar, super gigant
12:40 – Snoubord. Ayollar, parallel gigant slalom
12:50 – Snoubord. Erkaklar, parallel gigant slalom
13:30 – Biatlon. Erkaklar, individual poyga
15:30 – Konkida yugurish. Erkaklar, 1500 metr
16:47 – Chang‘i poygasi. Ayollar, erkin sprint
17:00 – Chang‘i poygasi. Erkaklar, erkin sprint
17:05 – Kyorling. Aralash juftlik
18:35 – Chana sporti. Ayollar, yakkalik