FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
7 Fevral 2022 6675

Taekvondochilarimiz Fujayrada yettita medal qo‘lga kiritishdi. Ulardan 4 tasi oltin!

Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida taekvondoning olimpiya oilasiga mansub WT yo‘nalishi bo‘yicha nufuzli turnir bo‘lib o‘tdi.

Butunjahon taekvondo WT taqvimida 2 ta reyting turniri bo‘lib, unda Olimpiada ochkolari o‘ynaladi. Ushbu turnirlarda taekvondo terma jamoamiz ikki guruhga bo‘lingan holda ishtirok etyapti. Ularning dastlabkisi "Fujairah Open-2022" musobaqasi hisoblanadi.

Quvonarlisi, asosiy tarkib bilan ushbu turnirga joʻnab ketgan terma jamoamiz Janubiy Koreya, Iordaniya, Germaniya kabi dunyoning yetakchi mamlakatlari bilan kechgan shiddatli raqobatda 4 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medalini qoʻlga kiritishdi.

Oltin medal:
Ulug‘bek Rashitov
Jasurbek Jaysunov
Feruza Sadikova
Svetlana Osipova

Kumush medal:
Charos Qayumova

Bronza medal:
Nikita Rafalovich
Niyoz Po‘latov

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi jamoamizni ushbu musobaqadagi muvaffaqiyatli ishtirok bilan qutlab qoladi.

Text to speech