FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
7 Fevral 2022 5786

Velosportchimiz Sofiya Karimova Turkiyada sovrindor bo‘ldi

Turkiyada ayollar o‘rtasida "Grand Prix Velo Manavgat" musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 99,6 km masofaga o‘tkazilgan poygada "Tashkent city professional cycling team" jamoasi a’zosi Sofiya Karimova uchinchi o‘rinni egalladi.

Shuningdek, ushbu musobaqada Nafosat Koziyeva 14-pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, Madina Qahhorova 26, Shahnoza Abdullayeva 29, Anna Kuskova 32, Yelena Zayseva 36, Anna Kulikova va Irina Brezina mos ravishda 39 va 40-o‘rinlarni egalladi. Yana bir sportchimiz Margarita Misyurina 45-bo‘ldi. Afsuski, yetakchimiz Yanina Kuskova velosipedining g‘ildiragini almashtirishga majbur bo‘ldi va ko‘p vaqt yo‘qotdi. Natijada u 48-bo‘lib marraga yetib keldi.

Qayd etish kerak, poygada jami 58 nafar velosportchi qatnashgan bo‘lsa, ulardan 5 nafari finishga yetib kela olmadi.

Text to speech