7 Fevral 2022 1968

Dilnoza Rahmatovani tabriklaymiz!

Bugun kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Dilnoza Rahmatova tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Rahmatova Dilnoza Bakir qizi 1998 yil 7 fevral kuni Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Chirchiq Olimpiya zaxiralari kolleji tarbiyalanuvchisi.

2018 yil Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida kanoeda eshkak eshish bo‘yicha juftlik bahslarida Nilufar Zokirova bilan kumush (500 metr), yakkalik poygasida esa (200 metr) bronza medali sohibi bo‘ldi. Yoshlar o‘rtasida jahon chempioni.

2019 yil avgustda Vengriyaning Seged shahrida o‘tgan jahon chempionatida 200 metr masofaga kechgan juftlik bahslarida Nilufar Zokirova bilan bronza medaliga ega chiqdi. Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida yakkalik va juftlik dasturlarida ishtirok etdi.

Dilnoza “Milliy sport mukofoti-2019” tanlovida “Yilning eng yaxshi ayol sportchisi” nomiga sazovor bo‘lgan. Shuningdek, sportchimiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureati hisoblanadi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Dilnoza Rahmatovani tavallud kuni bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan g‘alabalar tilab qoladi.

Text to speech