Pekin-2022: Bugun 9 ta yo‘nalishda g‘oliblar aniqlanadi
7 fevral, Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarining uchinchi kuni. Ushbu kun dasturida terma jamoalar 9 ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib borishadi.
Kecha erkaklar o‘rtasida o‘tkazilish kerak bo‘lgan tezkor tushish bahslarining hal qiluvchi bahsi kuchli shamol sabab bugunga qoldirildi. Shuningdek, ayollar o‘rtasidagi gigant slalom bahslari, biatlon bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi individual poyga, figurali uchish bo‘yicha jamoaviy dastur, short-trek, tramplindan sakrash, snoubord va konkida yugurish dasturlari ham bugun o‘z g‘oliblarini aniqlaydi. Batafsil:
08:35 – Figurali uchish, jamoaviy dastur
09:00 – Tog‘ chang‘isi. Erkaklar, tezkor tushish
09:55 – Snoubord. Erkaklar, sloupstayl
11:30 – Tog‘ chang‘isi. Ayollar, gigant slalom
13:30 – Konkida uchish. Ayollar, 1500 metr
14:00 – Biatlon. Ayollar, individual poyga
17:45 – Short-trek. Ayollar, 500 metr
17:50 – Tramplindan sakrash. Aralash jamoaviy
17:58 – Short-trek. Erkaklar, 1000 metr