Dzyudochilarimiz bronza medali uchun kurash olib borishadi
Yakuniga yetib borayotgan dzyudo bo‘yicha Parij “Katta dubulg‘a” turnirida og‘ir vazn toifasida medallar uchun kurashuvchi sportchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Quvonarlisi, bugun tatamiga chiqqan vakillarimizning barchasi shohsupaga ko‘tarilish imkoniyatiga ega.
Yarim finalda Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) hamda Muzaffarbek To‘raboyev (-100 kg) imkoniyatni boy berib, to‘g‘ridan to‘g‘ri bronza medali uchun kurashish bosqichga yo‘l olishdi. Davlat Bobonov (-90 kg) esa chorak finaldagi mag‘lubiyatdan so‘ng bronza medali uchun o‘tish bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Hamyurtlarimiz kechki dasturda quyidagi raqiblariga qarshi tatamiga chiqishadi:
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev – Franko Drapeu (Kanada)
-90 kg: Davlat Bobonov – Beka Gviniashvili (Gruziya)
-100 kg: Muzaffarbek To‘raboyev – Mixael Korrel (Niderlandiya)