5 Fevral 2022 1352

Velosportchilarimiz Alanya turnelaridagi ishtiroklarini boshlashmoqda

Turkiyadagi xalqaro musobaqalarga yo‘l olgan velosportchilarimiz navbatdagi start arafasida turishibdi. Bugun "Tashkent city professional cycling team" vakillari 147.2 km masofadan iborat poygada ishtirok etishadi.

Musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan 28 jamoa ishtirok etadi. Jamoamiz safida Murodjon Xolmuratov, Akramjon Sunnatov, Aleksey Fomovskiy, Dmitriy Bocharov, Nikita Stenkovoy, Behzodbek Rahimboyev startga chiqadi.

Ayni mavsum ko‘plab jamoalar ushbu hududda yig‘in olib borishmoqda. Rejaga ko‘ra, oy davomida vakillarimiz turne doirasida yana bir nechta poygalarda startga chiqishadi.

Text to speech