FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
5 Fevral 2022 2756

Norvegiya Olimpiadani muvaffaqiyatli boshladi

Pekin-2022 qishki Olimpiya o‘yinlarining dastlabki uch yo‘nalishida medallar jamlanmasi o‘z egalarini topdi. E’tiborlisi, unda norvegiyalik sportchilar oltin dublni qayd etishdi.

Dastlab ayollar o‘rtasida chang‘i poygasining skiatlon dasturida 7.5 km masofaga kechgan poygada Tereza Yoxaug, so‘ng norveg biatlonchilari aralash estafetada oltin medallarga ega bo‘ldilar. Uchinchi dastur konkida yugurish bo‘yicha 3000 metr masofada ayolla ro‘rtasida kechib, unda niderlandiyalik Iren Sxauten eng yaxshi natijani qayd etdi. Shu paytgacha qayd etilgan natijalar:

Chang‘i poygasi, skiatlon.
Ayollar, 7.5 km:
1. Tereza Yoxaug (Norvegiya)
2. Natalya Nepryayeva (Rossiya Olimpiya qo‘mitasi)
3. Tereza Shtabdlober (Avstriya)

Biatlon, aralash estafeta
1. Norvegiya
2. Fransiya
3. Rossiya Olimpiya qo‘mitasi

Konkida yugurish. Ayollar, 3000 metr:
1. Iren Sxauten (Niderlandiya)
2. Francheska Lollobrigida (Italiya)
3. Izabella Videman (Kanada)

Medallar jamg‘arish:
1. Norvegiya – 2-0-0
2. Niderlandiya – 1-0-0
3. Rossiya Olimpiya qo‘mitasi – 0-1-1
4. Fransiya – 0-1-0
4. Italiya – 0-1-0
6. Avstriya – 0-0-1
6. Kanada – 0-0-1

Text to speech