3 Fevral 2022 2903

2022-yil yanvar oyi uchun terma jamoalarimizning Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarligi uchun sarflangan mablag'lar to'g'risida MA'LUMOT

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi "2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo'lib o'tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to'g'risida"gi PQ-5281-sonli qaroriga muvofiq Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga O'zbekiston Respublikasi turizm va sport vazirligi boshchiligida sport federastiya (uyushma)lar tomonidan tayyorgarlik ishlari tizimli ravishda boshlab yuborildi.

2021-yil 30-dekabrdagi "2022-yil uchun O'zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to'g'risida"gi O'RQ-742-sonli Qonuniga asosan Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rishga 2022-yil uchun O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi, Olimpiya sport turlari va uyushmalariga 135,0 mlrd.so'm mablag'lar ajratildi va shaffoflikni ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G'aznachiligining "UzASBO" tizimi orqali moliyalashtirish olib borilmoqda.

2022-yil yanvar oyi yakuni bo'yicha Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rayotgan 19 ta sport federatsiya va uyushmalardan 17 tasining bergan buyurtmalari asosida ajratilgan mablag'lardan mahalliy hamda xalqaro o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazish uchun 7 897 416 763 so'm miqdorida moliyalashtirildi.

Shu bilan birga, Olimpiya sport turlari bo'yicha federatsiya va uyushmalarning ustav xarajatlari, milliy terma jamoa sportchilari uchun anjom va maxsus ekipirovkalar xaridi, ularning tibbiy-biologik ta'minoti bilan bog'liq xarajatlar G'aznachilikning tegishli tizimi orqali federatsiya va uyushmalarga to'g'ridan-to'g'ri moliyalashtiriladi.

T/r

Sport tashkilot
nomlari

Yanvar oyi                              xarajatlari

1 Boks federatsiyasi  421 180 000,00
2 Sport kurashlari assotsiatsiyasi 118 910 000,00
3 Velosiped sporti federatsiyasi 744 759 570,00
4 Dzyudo federatsiyasi 309 030 000,00
5 Gimnastika federatsiyasi 969 488 787,00
6 Rowing & Canoe federatsiyasi 928 449 640,00
7 Yengil atletika federatsiyasi 544 777 800,00
8 Suzish federatsiyasi 110 960 000,00
9 Тaekvоndo WTF assotsiatsiyasi 477 734 400,00
10 Og'ir atletika federatsiyasi 244 478 500,00
11 Qilichbozlik federatsiyasi 1 066 792 504,00
12 Zamonaviy beshkurash federatsiyasi 287 441 176,00
13 Federatsiya regbi klubi 234 360 000,00
14 Kamondan otish federatsiyasi 178 151 186,00
15 "OLYMPIC PROFESSIONAL FUTBOL KLUBI" 1 031 933 200,00
16 Federatsiya gandbol Uzbekistana 93 670 000,00
17 Ot sporti federatsiyasi 135 300 000,00

Umumiy
hammasi :

7 897 416 763

Text to speech