FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3 Fevral 2022 2385

Pekin-2022 trassalari sportchilarda murakkabligi bilan taassurot qoldirmoqda

Pekin tog‘larida qor yog‘mayapti. Biroq texnika olamida ilgarlab ketgan xitoyliklar uchun bu muammo emas. Bellashuvlar bo‘lib o‘tadigan barcha trassalar yetarlicha qor bilan qoplangan.

Pekin-2022 Olimpiadasida ishtirok etadigan sportchimiz bugun dastlabki mashg‘ulotini o‘tkazdi. Olimpiadada hamyurtimizni startga olib chiqadigan italiyalik Mattia Jennesi yetib kelguniga qadar sportchimiz mashg‘ulotini yevropalik do‘stlari bilan olib bormoqda.

“Juda murakkab trassa. Undagi qorning ba’zi qismi muzga aylanib qolgani uchun tezlik yuqori. Bu tezkor tushish dasturidagilar uchun yanada murakkablik tug‘diradi. Olimpiadada meni olib chiqadigan murabbiyim hali kelmagan bo‘lsa ham, Italiyada men shug‘ullanadigan klubdagi ko‘plab sportchi va murabbiylar shu yerda. Mattia kelguncha ular bilan shug‘ullanib turaman. Hozir bor e’tiborimiz trassaga moslashib olishga qaratiladi”, – deya o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi sportchimiz.

Eslatib o‘tamiz, sportchimiz Pekin-2022 Olimpiya o‘yinlari doirasida 13 fevral kuni gigant slalom, 16 fevralda slalom dasturiga startga chiqadi.

Text to speech