3 Fevral 2022 1998

Nukusda futzal bo'yicha yoshlar o'rtasida Respublika chempionati o'tkazilyapti

Shu kunlarda Nukus shahrida sportning futzal turi bo'yicha Qoraqalpog'iston Respublikasi bolalar va o'smirlar sport maktablari shug'ullanuvchilari o'rtasida "Sport maktablari futbol ligasi" bo'lib o'tmoqda.

Mazkur musobaqa 1-sonli bolalar va o'smirlar sport maktabida (manej) Qoraqalpog'iston Respublikasi turizm va sport bosh boshqarmasi va Qoraqalpog'iston futbol assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan bo'lib, musobaqaning maqsadi yoshlar va o'smirlar orasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish va mini futbolni yanada ommalashtirish, Qoraqalpog'iston aholisining ijtimoiy faoliyatini oshirish va salomatligini mustahkamlashdan iborat. Chempionat natijalariga ko'ra yosh iqtidorli futzalchilarni aniqlash va saralab olish, ularni Qoraqalpog'iston o'smirlar va yoshlar futzal terma jamoasiga jalb qilish rejalashtirilgan.

Musobaqada 2005, 2006, 2007, 2008 va 2009-yillarda tug'ilgan yoshlar ishtirok etayotgan bo'lib, g'oliblar Qoraqalpog'iston Respublikasi turizm va sport bosh boshqarmasi va Qoraqalpog'iston futbol assotsiatsiyasi tomonidan taqdirlash ko'zda tutilgan. Chempionat 4-fevralgacha davom etadi.

Text to speech