Namanganda voleybol bo‘yicha ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati davom etmoqda
Ayni kunlarda Namangan shahridagi Muhandislik-qurilish instituti sport majmuasida voleybol bo‘yicha ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqada jami 9 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib boryapti.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari, viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i Botir Nuritdinov, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi bosh kotibi Husan Nasrullayev va boshqalar so‘zga chiqib barcha ishtirokchilarga omad tiladi. Bu yilgi chempionatda quyidagi jamoalar ikki guruhga bo‘lingan holda o‘zaro musobaqalashadi:
«A» guruhi
«NDPI» (Nukus davlat pedagogika instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi),
«Xorazm-UOZK» (Urganch Olimpiya zaxiralari kolleji),
«JDPI» (Jizzax davlat pedagogika instituti),
«SamDU» (Samarqand davlat universiteti)
«B» guruhi
«BuxDU» (Buxoro davlat universiteti),
«Andijon» (Andijon viloyati),
«Olimp U-17» (Toshkent),
3-sektor Namangan (Namangan viloyati),
UrDU (Urganch davlat universiteti).
Ta’kidlash kerak, jamoalar orasida joriy yil iyun oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Olimp U-17» jamoasi ham ishtirok etmoqda. Musobaqa 4 fevralga qadar aylanma tizimda o‘tkaziladi. Bu yilgi O‘zbekiston chempionati jami 5 turdan iborat bo‘lib, g‘oliblar may oyida o‘tkaziladigan pley-off bahslari orqali aniqlanadi.