2 Fevral 2022 1991

Velosport: Aleksey Fomovskiy Sharja turining eng yaxshi yosh poygachisiga aylandi

Kecha BAAda bo'lib o'tayotgan "Tour of Sharjah-2022" ko'pkunlik velopoygasining yakuniy beshinchi bosqichi yakunlandi. Ortda qolgan bosqichlar yakuniga ko'ra, "Toshkent city professional velosport jamoasi" a'zosi Aleksey Fomovskiy eng yosh poygachilar ro'yxatida 1-o'rinni egalladi va bosh kubok uchun shohsupaga ko'tarildi.

Barcha ko'rsatkichlarni sarhisob qilsak, 6 nafar hamyurtimiz: Aleksey Fomovskiy, Dmitriy Bocharov, Ulug'bek Saidov, Akrom Sunnatov, Damir Zabirov va Edem Eminovdan iborat Toshkent shahar professional velosport jamoasi musobaqani 4-o'rin bilan yakunladi. Musobaqada dunyoning turli burchaklaridan 20 dan ortiq professional, milliy va klub jamoalari ishtirok etganini hisobga olsak, bu ajoyib natija ekanligi oydinlashadi.

Text to speech