1 Fevral 2022 1471

Jizzaxlik yoshlar ham ommaviy sport tadbirlarida faol ishtirok etishmoqda

Jizzax viloyat Doʻstlik tumanida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-6099-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash hamda “Sportni sev, sport bilan yasha” shiori ostida joriy yilning 27-31-yanvar kunlari korxona va tashkilot ishchi-xodimlari oʻrtasida sportning mini futbol, voleybol hamda stol tennis turidan “Hokim kubogi” musobaqasi tashkil etildi. Musobaqa olimpiya tizimida oʻtkazilib unda 80 ta tashkilotdan 1440 nafardan ortiq sportchilar qatnashdilar.

Jumladan, Zarbdor tumanida mahalla jamoalari oʻrtasida sportning mini futbol turi boʻyicha oʻtkazilgan “Hokim kubogi” musobaqasi yakuniga yetdi. Musobaqada 24 ta jamoa ishtirok etib, 1-oʻrinni “Ravot” mahallasi jamoasi egallagan boʻlsa; 2-oʻrin “Tinchlik” mahallasiga nasib etdi. “Taraqqiyot” mahallasi jamoasi esa kuchli uchlikni yakunlab berdi. Shuningdek, musobaqada “Nurobod”, “Oybek”, “Andijon”, “Sharq Yulduzi” va “Navroʻz” jamoalari koʻrsatgan oʻyinlar muhlislar olqishiga sazoovr boʻldi. Gʻolib va sovrindorlar, hamda turli nominatsiyalar boʻyicha eng yaxshi futbolchilar tashkiliy qoʻmita tomonidan munosib taqdirlanishdi.

Shuningdek, viloyatning Paxtakor, Forish va Zarbdor tumanlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-6099-sonli Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida “Sogʻlom xayot uchun 5000 qadam” aksiyasi boʻlib oʻtdi.

Mazkur tashabbus doirasida sportning badminton turi boʻyicha 2006-2007,2008-2010,2011-yilda tugʻilgan oʻsmir-yoshlar oʻrtasida tuman birinchiligi tashkil etildi.

Text to speech