1 Fevral 2022 1482

Andijon viloyati boʻylab “Biz soglom xayot tarafdorimiz!" shiori ostida ommaviy sport musobaqalari oʻtkazilmoqda

Viloyatning Boʻston tumani “Yangi qishloq” MFYda “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” marafoni boʻlib oʻtdi. Unda mahalla faollari va uyushmagan aholi vakillaridan tashkil topgan 200 nafardan ortiq fuqaro qatnashdi. Ishtirokchilar tong sahardan “Yangi qishloq” MFY hududidagi koʻchada 5000 qadamdan ortiq yoʻlni bosib oʻtdilar.

Shuningdek, Andijon tumanidagi 7 hamda 24- umumiy oʻrta taʼlim maktablarida uyushmagan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida sport musobaqalari oʻtkazildi. Bellashuvlar sportning voleybol hamda stol tennisi turlari boʻyicha tashkil etildi. Maqsad yoshlarni imkon qadar sport bilan qamrab olish va sogʻlom turmush tarziga jalb qilish.

Bunday musobaqalar shuningdek, viloyatning Xoʻjaobod va Qoʻrgʻontepa tumanlarida ham tashkil etildi. Mashgulotlarda sektor raxbarlari ham ishtirok etib oʻzlarining tavsiyalarini berib oʻtishdi.

Text to speech