1 Fevral 2022 4045

Bokschilar chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tishdi

Bugun boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zolari MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida navbatdagi chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tishdi. Jami 24 nafar sportchi bugun tor doiradagi malakali shifokorlar ko'rigida bo'lishdi.

Ko'rik jarayonida dastlab sportchilarning antropometrik ko'rsatkichlari tekshirildi. Ularning bo'y va vazni, organizmdagi mushak va vitseral yog'qatlamini ulchaydigan uskuna (bioempidans) yordamida nazoratdan o'tkazildi.

Charm qo'lqop ustalari kun davomida Markazning tor doiradagi mutaxasislari - nevropatolog, sport shifokori, terapevt, travmatolog, kardiolog, stоmatolog, oftalmologlar ko'rigidan o'tib, ulardan qon tahlillari olindi.

Instrumental tekshiruvlar Exo KG, UZI va yurakka yuklama berish orkali VEM tekshiruvi o'tkazildi. Barcha sportchilarning kayfiyati a'lo darajada bo'lib, birlamchi ko'rikda chuqur patologik o'zgarishlar aniqlanmadi.

Tibbiy ko'rik yakunlariga ko'ra qon tahlilari natijalari ma'lum bo'lganidan so'ng RSTIAM mutaxassislari tomonidan bokschilarning jismoniy mashg'ulotlarga layoqatliligi bo'yicha hulosalar hamda kerakli tavsiyalar beriladi.

Text to speech