FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
1 Fevral 2022 4928

Hamyurtimiz Rossiyadagi xalqaro turnirda eng yaxshi chavandozlar qatorida

Rossiya federatsiyasi Moskva viloyatidagi "MAXIMA STABLES" ot sporti klubida "MAXIMA MASTERS" va "MAXIMA MASTERS TEAM" turnirlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi aʼzosi Behzod Qurbonov konkur yo‘nalishida musobaqa marshrutini muvaffaqiyatli bosib o‘tdi.

To‘siq balandligi 140 sm balandlikka ega bo‘lgan mazkur bahslar “Oltin tur” toifasida o‘tkazilib, uning yakunlariga ko‘ra hamyurtimiz "King cornet" laqabli tulporida faxrli uchinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, B.Qurbonov “Mats” laqabli otida kuchli to‘rtlikdan joy oldi.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi mamlakat Yilqichilik va ot sporti federatsiyasini, shuningdek, sovrindorlar safidan o‘rin egallagan Behzod Qurbonovni muborakbod etadi va uning keyingi faoliyatida ham ulkan zafarlar tilaydi.

Text to speech