Yangilangan reytingda Murodjon Yo‘ldoshev 24 pog‘onaga yuqoriladi, Davlat Bobonov esa hamon peshqadam
Xalqaro dzyudo federatsiyasi Portugaliya Gran-prisi yakunlariga ko‘ra yangilangan jahon reytingini eʼlon qildi. Quvonarlisi, Portugaliyada chempionlik shohsupasiga ko‘tarilgan Murodjon Yo‘ldoshev -73 kg vazn toifasi reytingida 24 pog‘onaga yuqorilab, ayni paytda 22-o‘rinni egallab turibdi. Ushbu vazn yetakchisi gruziyalik Lasha Shavdatuashvili hisoblanadi.
-60 kg vazndagi dzyudochimiz Kemran Nurillayev avvalgi o‘rniga nisbatan ikki pog‘onaga, uning akasi Sardor esa -66 kg vazn reytingida bir o‘ringa pastlagan.
Sardor Nurillayev, Hikmatulloh To‘rayev, Sharofiddin Boltaboyev, Davlat Bobonov va Gulnoza Matniyazova jahon reytingining TOP-10 dzyudochilari safidan joy egallagan.
Yangilangan IJF reytingi:
-60 kg vazn toifasi
1. Yang Yung Vey (Xitoy Taypeyi) 4510 ochko
20. Kemran Nurillayev (O‘zbekiston) 1792 ochko
-66 kg vazn toifasi
1. An Baul (Janubiy Koreya) 4340 ochko
7. Sardor Nurillayev (O‘zbekiston) 3269 ochko
-73 kg vazn toifasi
1. Lasha Shavdatuashvili (Gruziya) 5575 ochko
9. Hikmatulloh To‘rayev (O‘zbekiston) 2602 ochko
22. Murodjon Yo‘ldoshev (O‘zbekiston) 1502 ochko
-81 kg vazn toifasi
1. Mattias Kasse (Belgiya) 6250 ochko
3. Sharofiddin Boltaboyev (O‘zbekiston) 4066 ochko
-90 kg vazn toifasi
1. Davlat Bobonov (O‘zbekiston) 5844 ochko
33. Shermuhammad Jandreyev (O‘zbekiston) 1140 ochko
-100 kg vazn toifasi
1. Arman Adamyan (Rossiya) 5460 ochko
14. Muhammadkarim Hurramov (O‘zbekiston) 2391 ochko
18. Muzaffarbek To‘raboyev (O‘zbekiston) 1600 ochko
+100 kg vazn toifasi
1. Tamerlan Bashayev (Rossiya) 6574 ochko
25. Alisher Yusupov (O‘zbekiston) 1447 ochko
33. Bekmurod Oltiboyev (O‘zbekiston) 982 ochko
AYOLLAR
-52 kg vazn toifasi
1. Amandin Bushar (Fransiya) 4990 ochko
11. Diyora Keldiyorova (O‘zbekiston) 2560 ochko
-70 kg vazn toifasi
1. Barbara Matich (Xorvatiya) 5498 ochko
9. Gulnoza Matniyazova (O‘zbekiston) 2677 ochko
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati