Yilning 2 ta yirik turnirida ishtirok etish uchun taekvondo WT bo'yicha terma jamoamiz tarkibi aniqlandi
Ma'lumki, Butunjahon taekvondo WT taqvim rejasida 2 ta reyting turniri bo'lib, unda Olimpiada ochkolari o'ynaladi. Ushbu turnirlarda taekvondo terma jamoamiz 2 guruhga bo'lingan holda ishtirok etadi.
Shu kunlarda nufuzli musobaqalarga tayyorgarlikning so'nggi bosqichi bo'lib o'tmoqda. Shu haftada BAAda joriy yilning eng yirik an'anaviy turniri - qatorasiga 9-marta "Fujairah Open-2022" start oladi. Sayyoramizning eng kuchli taekvondo ustalari erkaklar va ayollar o'rtasida 8 ta vazn toifasida bellashadi.
Mamlakatimiz delegatsiyasi 4-fevral kuni mazkur yirik turnirda Vatanimiz sharafini himoya qilish uchun Dubayga jo'nab ketadi. Ushbu musobaqalar oldidan terma jamoalarning tarkibiga nazar solsak, ayrim vazn toifalarida o'zgarishlar mavjud. "Fujairah Open" musobaqasi 6-8-fevral kunlari bo'lib o'tadi. Taekvondo WT bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyining ma'lum qilishicha, tarkib quyidagicha:
Erkaklar:
-54kg: Jahongir Xudoyberdiev, Omonjon Otajonov
-63kg: Niyoz Po'latov
-68kg: Ulug'bek Rashitov, Sardor Toirov
-74kg: Jasurbek Jaysunov
-80kg: Nikita Rafalovich
Ayollar:
-53kg: Charros Qayumova
-62kg: Feruza Sodiqova
+73kg: Svetlana Osipova, Iroda Mirtojieva
7-13-fevral kunlari Turkiyada bo'lib o'tadigan yana bir muhim turnir murosasiz va ajoyib kurashlarga boy bo'lishi kutilmoqda. Boisi, bu turnirda ham dunyoning taniqli taekvondochilari g'oliblik uchun kurash olib boradi. Eslatib o'tamiz, "Turkish Open" bir necha yosh toifalarida g'olib va sovrindorlarni aniqlaydi. 17 yoshdan yuqori toifasida mamlakatimiz sharafini quyidagi sportchilar himoya qiladi:
Erkarlar:
-58kg: Doniyor Maxkamov, Otabek Turganbekov
-68kg: Najmiddin Qosimxo'jiev, Diyorbek To'xliboev
-80kg: Shuhrat Salaev
-87kg: Shohrux Rajabov
-57kg: Ozoda Sobirjonova
-62kg: Madina Marabzalova
O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi taekvondochilarimizga bo'lajak musobaqalarda muvaffaqiyat va omad tilaydi.