FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
31 Yanvar 2022 3781

Voleybol: Samarqandda erkaklar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati 1-tur o‘yinlari yakunlandi, mezbonlarda 100 foizlik natija

O‘zbekiston voleybol federatsiyasi bu yilgi musobaqalarni odatdagidan barvaqt boshladi. Bundan ko‘zlangan maqsad, oldinda turgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlariga erkaklar va ayollar terma jamoalarimizning puxta hozirlik ko‘rishlari uchun imkoniyat yaratishdan iborat.

Shu maqsadda 21-yanvar kuni ko‘hna va navqiron Samarqand shahrida voleybol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida XXX O‘zbekiston chempionatiga start berildi. Bu yilgi musobaqada jami 14ta jamoa bahslarga kirishdi. Ishtirokchilar ikki guruhda bahs olib borishmoqda.

“A” guruhi:

“O‘ztelekom” (Samarqand),

“JDPI-Ziyokor” (Jizzax),

OTMK (Olmaliq),

“Parvoz” (Namangan),

“Buvayda-tadbirkor” (Farg‘ona),

“Qo‘qon-QDPI” (Qo‘qon),

Mudofaa vazirligi (Toshkent),

“B” guruhi:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi (Nukus),

“Surxon” (Termiz),

“Olimp-EKO” (Navoiy),

“So‘g‘diyona” (Navoiy),

Buxoro davlat universiteti (Buxoro),

“Qarshi-Olimp” (Qarshi),

Samarqand davlat universiteti (Samarqand).

Maʼlum sabablarga ko‘ra, 2021-yilgi bronza medali sohibi “Milliy gvardiya” jamoasi joriy yil musobaqada qatnasholmaydigan bo‘ldi. Ammo ularning o‘rniga 4ta debyutant jamoa qo‘shilganligini taʼkidlash kerak. Bular – “Buvayda-tadbirkor”, “Surxon”, BuxDU va SamDU jamoalaridir.

1-tur yakunlariga ko‘ra Samarqandning “O‘ztelekom” jamoasi peshqadamlikni qo‘lga oldi. Ular o‘tkazilgan 7 o‘yinning barchasida g‘alaba qozonishdi va 21 ochko jamg‘ardi. OTMK jamoasi ham xuddi shuncha g‘alabaga ega, faqat ular “Olimp-EKO” jamoasini tay-brekda mag‘lub etdi va buning uchun atigi 2 ochkoni qo‘lga kiritdi. Natijada ularning ochkolari soni 20tani tashkil etmoqda. Namanganning “Parvoz” jamoasi 16 ochko bilan kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Text to speech