Yosh bokschilarimiz qit’ada tengsiz ekanliklarini yana bir karra isbotlashdi
Poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida boks bo‘yicha 22 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan terma jamoamiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, qit’ada tengsiz ekanini isbotladi.
Dastlab kunning birinchi yarmida qizlar o‘rtasida final janglari o‘tkazildi. Unda 4 nafar vakilimiz g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Yigitlarimizdan 12 nafar bokschi finalda bahs olib borib, barchasi oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shu tariqa, 16 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘lgan yoshlar terma jamoamiz ilk bor tashkil etilgan ushbu musobaqada umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Musobaqa qahramonlari:
Oltin medal sohiblari:
-48 kg: Asilbek Jalilov
-51 kg: Muxammadqodir Mamirjonov
-54 kg: Shaxzod Muzaffarov
-57 kg: Dilshod Abdumurodov
-60 kg: Xurshid Rasuljonov
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev
-67 kg: Javlon Yo‘ldoshev
-71 kg: Azizbek Tojiyev
-75 kg: Abdulaziz Abdupattayev
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev
-86 kg: Timur Merjanov
+92 kg: Jahongir Zokirov
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Sabina Bobokulova
-52 kg: Feruza Kazakova
-63 kg: Mohinabonu Abdullayeva
Kumush medal sohibi:
-54 kg: Nigina O‘ktamova
Bronza medali sohiblari:
-92 kg: Javoxir Tog‘aymurodov
-57 kg: Sitora Turdibekova
-60 kg: Dilfuza Bekova
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi qo‘lga kiritilgan ushbu muvaffaqiyat bilan O‘zbekiston boks federatsiyasi va bokschilarimizni, ularni tayyorlagan murabbiylar shtabi, yaqinlarini samimiy muborakbod etadi.