FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
29 Yanvar 2022 2727

Velosportchilarimiz birinchi startni muvaffaqiyatli yakunlashdi

Maʼlum qilganimizdek, Sharja shahrida velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha xalqaro musobaqa start oldi. Unda startga chiqqan hamyurtlarimiz poygani koʻngildagidek oʻtkazdilar.

Dastur boʻyicha birinchi bosqich 8.86 km masofaga individual vaqt yoʻnalishida oʻtkazildi. Unda hamyurtimiz Aleksey Fomovskiy umumiy klassifikatsiyada yettinchi natijani qayd etdi. Ahamiyatlisi, musobaqada qatnashayotgan yoshlar orasida ushbu koʻrsatkich eng yuqorisi boʻldi. Undan keyingi natija boshqa bir vakilimiz Dmitriy Bocharovga tegishli.

“Tour of Sharjah” musobaqasi
1-bosqich, 8.86 km
1. Sirus Monk (Avstraliya) – 11:18
2. Grega Bole (Sloveniya) 0:04
3. Eysebio Paskul (Ispaniya) 0:06 ...
7. Aleksey Fomovskiy (Oʻzbekiston) 0:17
8. Dmitriy Bocharov (Oʻzbekiston) 0:21 ...
51. Edem Eminov (Oʻzbekiston) 0:55 ...
57. Akramjon Sunnatov (Oʻzbekiston) 1:00 ...
73. Damir Zabirov (Oʻzbekiston) 1:10 ...
81. Ulugʻbek Saidov (Oʻzbekiston) 1:22 ...

Maʼlumot uchun, ushbu musobaqada butun dunyodan tashrif buyurgan 23 jamoadan 140 sportchi ishtirok etmoqda. Bugun turnirning ikkinchi bosqichi oʻtkaziladi va unda poygachilar 96 km masofani bosib oʻtishadi.

Text to speech