FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
28 Yanvar 2022 3009

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi bosim ostida qolgani haqidagi ayrim nashrlarning xabari yuzasidan rasmiy bayonot

Bugun ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim manbalarda Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi kuchli bosim ostida qolgani va buning natijasida havaskor va professional boks federatsiyalari birlashtirilgani haqida xabarlar tarqatildi. Shuni taʼkidlash joizki, bu mutlaqo asossiz va yolgʻon maʼlumot!

Boks mamlakatimiz yoshlari orasidagi eng sevimli va ommaviy sport turlaridan biri. Shuningdek, bokschilarimiz xalqaro maydonlarda yurtimiz bayrogʻini koʻklarga koʻtarib, nafaqat mintaqamizda balki jahonda yetakchilardan sanalishadi. Bugungi kunda ham Prezidentimizning eʼtibori va davlatimizning qoʻllab-quvvatlashi bilan ushbu sport turi rivoji yangi bosqichga olib chiqilmoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi hamyurtlarimiz va oʻquvchilarimizdan yuqorida taʼkidlangan yolgʻon xabarlarga eʼtibor qilmaslikni, oʻz navbatida ommaviy axborot vositalaridan faqatgina rasmiy, ishonchli va asoslangan maʼlumotlarni tarqatishlarini soʻrab qoladi.

Text to speech