28 Yanvar 2022 1346

Velosportchilarimiz “Sharjah Tour” turniridagi ishtiroklarini boshlashmoqda

Bugun BAAning Sharja shahrida “Sharjah Tour” xalqaro turniri start oladi. Ahamiyatlisi, unda terma jamoamiz vakillari ham qatnashadilar.

Reglamentga koʻra, musobaqa 5 bosqichdan iborat boʻladi. Bugun sportchilar 8.86 km masofani individual vaqt yoʻnalishida bosib oʻtishadi. Musobaqada quyidagi 6 sportchimiz ishtirok etadi: Aleksey Fomovskiy, Akram Sunnatov, Ulugʻbek Saidov, Damir Zabirov, Dmitriy Bocharov, Edem Eminov.

Text to speech