FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
28 Yanvar 2022 3892

Yaqindan tanishamiz: Pekin-2022 Olimpiadasi ishtirokchisi Komiljon Toʻxtayev

Oʻtgan yil Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etadigan atletlarimiz haqidagi tanishtiruv maqolalarimizni chop etib borgan edik. Bugun Sizlarga Pekin-2022 qishki Olimpiya oʻyinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchimiz Komiljon Toʻxtayev haqida maʼlumot beramiz.

Toʻxtayev Komiljon Aliyevich 1997-yil 30-oktyabr kuni Toshkentda tavallud topgan. 2012-yildan togʻ changʻisi boʻyicha professional tarzda shugʻullanishni boshlagan. Birinchi murabbiyi Yuriy Xlistunov. 2018-yil Pxyonchxan shahrida oʻtkizilgan XXIII qishki Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. Faoliyati davomida bir qator xalqaro musobaqalarda gʻolib va sovrindorlar qatoridan joy olgan. Xalqaro changʻichilar federatsiyasining reytingi boʻyicha Pekin-2022 qishki Olimpiya oʻyinlari ishtirokchilari roʻyxatidan oʻrin egalladi. Hobbisi togʻ turizmi bilan bogʻliq barcha mashgʻulotlar.

Komiljon Toʻxtayev ayni vaqtda Italiyada boʻlajak Olimpiya oʻyinlariga soʻnggi tayyorgarlikni olib bormoqda. Atletimiz Pekin-2022 doirasida 13-fevral kuni gigant slalom, 16-fevralda slalom dasturida ishtirok etadi.

Text to speech