28 Yanvar 2022 1801

Ajoyib! Oʻn yetti nafar bokschimiz Osiyo chempionati finalida

“Universal” sport majmuasida boks boʻyicha 22 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil-qizlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati hal qiluvchi pallaga kirib bormoqda. Hozirga kelib barcha final ishtirokchilari maʼlum boʻldi.

Qiziqarli va murosasiz saralash bellashuvlari yakunida 17 nafar vakilimiz finalda jang olib boradigan boʻldi. Endi ular ertaga qitʼa chempionligi uchun ringga koʻtarilishadi. Yarim finalda imkoniyatni boy bergan 3 nafar bokschimiz esa bronza medali bilan musobaqani yakunladi.

Finalchilar:
Oʻgʻil bolalar:
-48 kg: Asilbek Jalilov
-51 kg: Muxammadqodir Mamirjonov
-54 kg: Shaxzod Muzaffarov
-57 kg: Dilshod Abdumurodov
-60 kg: Xurshid Rasuljonov
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev
-67 kg: Javlon Yoʻldoshev
-71 kg: Azizbek Tojiyev
-75 kg: Abdulaziz Abdupattayev
-80 kg: Jasurbek Yoʻldoshev
-86 kg: Timur Merjanov
+92 kg: Jahongir Zokirov

Qizlar:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Sabina Bobokulova
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina Oʻktamova
-63 kg: Moxinabonu Abdullayeva

Bronza medali sohiblari:
-92 kg: Javoxir Togʻaymurodov
-57 kg: Sitora Turdibekova
-60 kg: Dilfuza Bekova

Text to speech