FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
27 Yanvar 2022 5084

Velosportchilarimiz Turkiyaga yoʻl olishdi

Bugun erta tongda velosport boʻyicha terma jamoamiz vakillari katta tarkibda Turkiya safariga joʻnab ketishdi. Hamyurtlarimiz u yerda deyarli 2 oy muddatda xalqaro musobaqalarda ishtirok etishadi.

Maʼlumki, reglamentga koʻra sportchilarimiz professional klub sifatida roʻyxatdan oʻtishgan. Unda “Tashkent city professional cycling team” va “Tashkent city woman professional cycling team” jamoalari yurtimiz sharafini himoya qilishadi. 21-martga qadar davom etadigan safarda velopoygachilarimiz 12 ta erkaklar, 5 ta ayollar, 4 ta yosh yigitlar va 9 ta qizlar toifasida startga chiqishi kutilmoqda.

Taʼkidlash joiz, ushbu safar yakuniga yetgach har bir toifada eng optimal tarkibdagi 4 nafardan sportchimiz Tojikistonga, shosse boʻyicha oʻtkaziladigan Osiyo chempionatiga yoʻl oladi.

Text to speech