FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
26 Yanvar 2022 4802

XOQ Pekin-2022 Olimpiadasi oldidan yangi rolik taqdim qildi

Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi Pekin-2022 qishki Olimpiya oʻyinlaridan avval sportchilar va muxlislar oʻrtasidagi aloqani ifodalovchi maxsus videorolik tayyorladi. U “Har bir yuksalish, har bir magʻlubiyat, har bir gʻalabada biz hamisha birgamiz”, deb nomlanadi.

“Bir-birimizga ishonganimizda, biz aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshiramiz. Boshqalarning ishonchi bizga oʻz kuchimizga ishonish uchun barcha imkoniyatlarni beradi. “Devorlarni yorib oʻting, sakrashni amalga oshiring, vazifani bajaring”, deyiladi videorolikka yozilgan sharhda.

Bu videoda dunyoning turli burchaklaridan muxlislar tasvirlangan boʻlib, ular olimpiyachilarning musobaqa davomidagi harakatlariga taqlid qilib, atletlarni olqishlayotgani aks ettirilgan va bu jarayon jahonga mashhur Olimpiya shiori - “Birgalikda tezroq, balandroq, kuchliroq”ni ifodalashga qaratilgan.

Text to speech