Bugun sakkiz nafar bokschimiz ringga koʻtariladi
Toshkentda qizgʻin davom etayotgan boks boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida toʻrtinchi kun bellashuvlari boʻlib oʻtadi. Bugungi dasturda sakkiz nafar hamyurtimiz ishtirok etishi belgilangan. Ular orasida oʻtgan yilgi mamlakat chempionatida gʻalaba qozongan Ruslan Abdullayev, Javlonbek Yoʻldoshev, Aziz Tojiyev kabi vakillarimizni ham uchratish mumkin. Batafsil:
-57 kg: Dilshod Abdumurodov – Xusravxon Rahimov (Tojikiston)
-60 kg: Xurshidbek Rasuljonov – Buyandalai Bayarxu (Moʻgʻuliston)
-63.5 kg: Ruslan Abdullayev – Tuguldur Byambatsosog (Moʻgʻuliston)
-67 kg: Javlonbek Yoʻldoshev – Rasul Ahadov (Tojikiston)
-71 kg: Aziz Tojiyev – Anas Alsadi (Iordaniya)
-75 kg: Abdulaziz Abdupattoyev – Gantulga Batbayar (Moʻgʻuliston)
-80 kg: Jasurbek Yoʻldoshev – Omurbek Bekjigit ulu (Qirgʻiziston)
-86 kg: Temur Mirjanov – Yusuf Husayn (Quvayt)