FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
25 Yanvar 2022 5300

Oʻtkirbek Haydarovni tabriklaymiz!

Bugun boks boʻyicha Olimpiya oʻyinlari sovrindori, jahon chempioni Oʻtkirbek Haydarov oʻz tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Oʻtkirbek Haydarov 1974-yil 25-yanvar kuni Andijon viloyatida tavallud topgan. 1999-yili Xyuston (AQSH) mezbonlik qilgan jahon chempionatining oltin medali sohibi. 2001 (kumush) va 2003 (bronza) yillarda oʻtkazilgan jahon chempionatining sovrindori. Afina-2004 Olimpiadasi bronza medali sohibi.

Erishgan yutuqlari uchun davlatimiz tomonidan “Oʻzbekiston iftixori”, “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvonlari, “Mehnat shuhrati”, “El-yurt hurmati” ordenlari bilan mukofotlangan. Bugungi kunda murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Oʻtkirbek Haydarovni bugungi tugʻilgan kuni bilan muborakbod etib, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Text to speech