24 Yanvar 2022 1395

Chavandozlarimiz BAAdagi xalqaro musobaqasida ishtirok etishdi

22-23-yanvar kunlari BAAning Abu-Dabi shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha CSIO5*\CSI2* turniri boʻlib oʻtdi. Unda jahonning kuchli chavandozlari qatori hamyurtlarimiz ham qatnashdilar.

Musobaqada Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev hamda terma jamoamiz aʼzosi Abdurahmon Abdullayev dunyoning 20 mamlakatidan tashrif buyurgan sportchilar qatorida oʻz chiqishlarini namoyish etdilar.

Hamyurtlarimiz garchi sovrinli oʻrinlardan joy olishmagan boʻlsalar ham, oʻzlari uchun muhim reyting ochkolarini jamgʻarib oldilar.

Text to speech