FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
24 Yanvar 2022 2528

Oʻzbekiston futbol federatsiyasining birinchi rahbari 90 yoshga toʻldi

Uzoq yillar oʻzbek sporti, xususan, futbolining rivojiga ulkan hissa qoʻshgan inson Elmar Aminov 90 yoshga toʻldi.

Elmar Alimovich Aminov 1932-yil 23-yanvar kuni Fargʻonada dunyoga kelgan. 1959-yil Oʻzbekiston futbol federatsiyasiga asos solinganida, Elmar Alimovich ushbu tashkilotning rahbari etib tayinlangan. U inson faoliyati davomida “Paxtakor” jamoasi boshligʻi, keyinchalik Oʻzbekiston SSR Ministrlar Kengashi davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi muovini, soʻngra rahbari lavozimlarida ishladi. U kishi faoliyati davomida futbol boʻyicha Sobiq Ittifoq terma jamoasi delegatsiyasiga koʻplab musobaqalarda, jumladan, 1966-yil Angliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida rahbarlik qilgan. 1990-1992-yillarda Oʻzbekiston futbol federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti sifatida faoliyat olib borgan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Elmar Aminovni ushbu ulugʻ yoshi bilan muborakbod etib, u kishiga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech