FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
23 Yanvar 2022 3137

Tokioda Ulugʻbek Rashitovga yengilgan taekvondochi oʻz yurtida sovringa ega boʻldi

Janubiy Koreyalik afsonaviy taekvondochi Li De-Xun Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlaridan soʻng katta sportdagi faoliyatini yakunlagan edi. Mamlakat milliy federatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan yil sarhisobida unga uzoq yillik faoliyati uchun maxsus sovrin topshirildi.

Eslatib oʻtamiz, Li De-Xun Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida ikkinchi davrada boʻlajak chempion, hamyurtimiz Ulugʻbek Rashitovga 19:21 hisobida imkoniyatni boy bergan va yakunda bronza medali uchun bahsda xitoylik sportchiga magʻlub boʻlgan edi. Uning hisobida jahon chempionatlarining 3 ta oltin va 1 ta bronza, shuningdek, London-2012 Olimpiadasining kumush, Rio-2016 Olimpiadasining esa bronza medallari mavjud.

Marosimda “Yil sportchisi” maxsus sovrini Tokio-2020 Olimpiadasida +67 kg vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritgan Li Dabinga topshirildi.

Text to speech