FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
22 Yanvar 2022 3195

Osiyo chempionatini ishonchli g‘alaba bilan boshladik

Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizda 22 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida boks bo‘yicha qit’a birinchiligi start oldi. Quvonarlisi, musobaqani hamyurtlarimiz chiroyli g‘alaba bilan boshlashdi.

Bugun bellashuvlar boshlanishidan avval musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalqaro boks assotsiatsiyasi prezidenti Umar Kremlyov, Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti Anas Alotaiba, MOQ raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov so‘z olib, bugungi murakkab epidemiologik vaziyatga qaramay musobaqani tashkil etishda har tomonlama yordam bergan hukumatimizga minnatdorchilik bildirishdi va ishtirokchilarga omad tilab o‘tdilar. Shuningdek, tadbirda Turizm va sport vazirligi hamda MOQ mutasaddilari ham ishtirok etishdi.

Shundan so‘ng tadbirning badiiy qismiga navbat berildi. Unda san’atimizning taniqli vakillari kuy-qo‘shiqlari, raqslari bilan yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Marosim yakuniga yetgach, qizg‘in bellashuvlar ham boshlanib ketdi. Bugun -67 kg vazn toifasida Javlonbek Yo‘ldoshev bokschilarimiz orasida birinchi bo‘lib ringga ko‘tarildi. Saudiyalik raqibiga qarshi jang qilgan Javlonbek muxlislarimizga chiroyli g‘alaba taqdim qildi va keyingi davraga yo‘l oldi.

Text to speech