22 Yanvar 2022 2253

Toshkentda boks boʻyicha Osiyo chempionati start olmoqda

Bugun poytaxtimizda 22 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil-qizlar oʻrtasida boks boʻyicha qitʼa chempionati boshlanadi. Unda Osiyo boksining boʻlajak yulduzlari gʻoliblik uchun kuch sinashadilar.

Musobaqaga boʻlgan ahamiyatning kattaligidan Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlyov, shuningdek Osiyo boks konfederatsiyasi (ASBC) prezidenti Anas Alotaiba boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga yetib keldi. Shuningdek, kecha barcha ishtirokchi davlatlar vakillari ishtirokida texnik yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda turnir reglamenti, transport tizimi, COVID protokoli va boshqa yoʻnalishlarda kerakli maʼlumotlar berildi.

Reglamentga koʻra, bugun “Hilton” mehmonxonasida chempionatga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtadi. Tantanali ochilish marosimi esa 17:00 ga belgilangan. 18:00 dan dastlabki saralash bahslari oʻtkaziladi.

Qurʼaga koʻra, birinchi kun dasturida terma jamoamizdan Javlonbek Yoʻldoshev (-67 kg) birinchi boʻlib ringga koʻtariladi. Kechki dasturda andijonlik bokschimiz Saudiya Arabistoni vakili Rashid Saud Almarri bilan hisob-kitob qiladi.

Boʻlajak musobaqada hamyurtlarimizga omad tilaymiz!

Text to speech