21 Yanvar 2022 1710

Boks: Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi tarkibimiz bilan tanishing

Ertaga poytaxtimizda boks bo‘yicha 22 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati start oladi. Terma jamoamiz murabbiylar shtabi musobaqada yurtimiz sharafini himoya qiluvchi bokschilarimiz tarkibini e’lon qildi. Unga ko‘ra, yigitlarimiz 13, qizlarimiz 11 vazn toifasida g‘oliblik uchun ringga ko‘tarilishadi. Tarkibda jahon chempioni Nigina O‘ktamova, shuningdek, Javlonbek Yo‘ldoshev, Navbahor Hamidova, Ruslan Abdullayev kabi mahoratli charm qo‘lqop ustalarini ham uchratish mumkin. To‘liq tarkib:

O‘g‘il bolalar:
-48 kg: Asilbek Jalilov
-51 kg: Muxammadqodir Mamirjonov
-54 kg: Shaxzod Muzaffarov
-57 kg: Dilshod Abdumurodov
-60 kg: Xurshid Rasuljonov
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev
-67 kg: Javlon Yuldoshev
-71 kg: Azizbek Tojiyev
-75 kg: Abdulaziz Abdupattayev
-80 kg: Jasurbek Yuldoshev
-86 kg: Timur Merjanov
-92 kg: Javoxir Tog‘aymurodov
+92 kg: Jahongir Zokirov

Qizlar:
-48 kg: Farzona Fozilova
-50 kg: Sabina Bobokulova
-52 kg: Feruza Kazakova
-54 kg: Nigina O‘ktamova
-57 kg: Sitora Turdibekova
-60 kg: Dilfuza Bekova
-63 kg: Moxinabonu Abdullayeva
-66 kg: Xadichabonu Abdullayeva
-70 kg: Navbaxor Hamidova
-75 kg: Mavluda Mavlonova
-81 kg: Sohiba Ro‘zmetova

Text to speech