18 Yanvar 2022 1661

Pekin-2022 qishki Olimpiya oʻyinlarining chiptalari ochiq savdoga chiqarilmaydi

Yana bir necha kundan soʻng Xitoyning Pekin shahrida XXIV qishki Olimpiya oʻyinlari start oladi. Musobaqa tashkiliy qoʻmitasi bellashuvlar uchun chiptalarni ochiq savdoga chiqarmaslikka qaror qildi.

Avvalroq Oʻyinlarga xorijlik muxlislarning kirishi taʼqiqlanishi haqida rasmiy maʼlumot berilgan edi. Taʼkidlanishicha, chiptalar maʼlum guruh toifalariga tarqatiladi. Mahalliy muxlislarning kiritilishi boʻyicha esa rasmiy maʼlumot berilmagan.

Eslatib oʻtamiz, Pekin-2022 qishki Olimpiya oʻyinlari 4-20-fevral kunlari boʻlib oʻtadi.

Text to speech