18 Yanvar 2022 1417

“Klassik”larimiz Yangiobodda mashgʻulotlarni davom ettirishyapti

Yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi shu kunlarda Toshkent viloyatining togʻli Yangiobod oʻquv-mashgʻulot bazasida boʻlib turibdi.

U yerda kuniga ikki mahaldan mashgʻulot oʻtkazilyapti. Bosh murabbiy Ravshan Roʻziqulov terma jamoamizning 2022-yil hisobidan ilk oʻquv-mashgʻulot yigʻiniga asosiy tarkib bilan birga yosh kurashchilarni ham taklif etgan. Dekabr oyida kattalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatida oʻzidan yaxshi taassurot qoldirgan “klassiklar” Yangioboddagi mashgʻulotlarda ishtirok etishyapti.

Ushbu yigʻin terma jamoamizga fevral oyida Turkiyada oʻtkaziladigan xalqaro reyting turniriga tayyorgarlik vazifasini oʻtab bermoqda. Istanbul shahri mezbonlik qiladigan anʼanaviy Yashar Dogu musobaqasi 24-27-fevral kunlariga belgilangan.

Text to speech