17 Yanvar 2022 2093

Uchta jamoamiz velosport bo‘yicha xalqaro arenalarda yurtimiz sharafini himoya qiladi

O‘zbekistonning uchta professional velosport jamoalari Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI) litsenziyasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda UCI rasman e’lon qildi.

Yangi jamoalarimiz 1 ta trek va 2 ta shosse yo‘nalishlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan. Yanada ahamiyatlisi, mamlakatimizda xotin-qizlar sportini yanada rivojlantirish yo‘lida ushbu klublardan biri qizlarimizdan tashkil etildi. Quyida jamoalarimiz nomi va ularga a’zo sportchilar bilan batafsil tanishib olasiz:

1) “Tashkent track team” trek jamoasi: Shahnoza Abdullayeva, Dmitriy Bocharov, Danil Yevdokimov, Aleksey Fomovskiy, Madina Qaxxarova, Nafosat Kuziyeva, Anna Kulikova, Yanina Kuskova, Iskandarbek Shodiyev va Damir Zabirov.

2) “Tashkent city professional cycling team” shosse bo‘yicha erkaklar kontinental jamoasi: Umidjon Baxtiyorov, Dmitriy Bocharov, Konstantin Elli, Edem Eminov, Danil Yevdokimov, Aleksey Fomovskiy, Botirjon Ismatov, Murodjon Xolmuratov, Behzodbek Rahimboyev, Ulug‘bek Saidov, Iskandarbek Shodiyev, Nikita Stenkovoy, Akromjon Sunnatov, Damir Zabirov va Rolli Viver (AQSh).

3) “Tashkent city woman professional cycling team” shosse bo‘yicha ayollar kontinental jamoasi: Shahnoza Abdullayeva, Yevgeniya Golotina, Madina Qaxxarova, Nafosat Kuziyeva, Anna Kulikova, Yanina Kuskova, Margarita Misyurina, Yelena Zayseva.

Ma’lumot uchun, UCI litsenziyasini qo‘lga kiritgan jamoalar ro‘yxatidan shosse bo‘yicha 142 ta erkaklar va 42 ta ayollar va 20 ta trek kontinental jamoalar o‘rin olgan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi litsenziya olgan klublarimizning faoliyatiga omad tilaydi.

Text to speech