Pekin-2022: Biatlonda terma jamoalarning nechta kvotaga ega boʻlgani maʼlum
Kecha Germaniyaning Rupolding shahrida biatlon boʻyicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi yakunlandi. Eʼtiborlisi, shundan soʻng Pekin-2022 Olimpiadasi yoʻlida terma jamoalarning reyting ochkolarini yigʻish davri tugadi va qaysi davlat Olimpiadaga nechta sportchi bilan borishi maʼlum boʻldi.
Berilgan maksimal kvotalarni Fransiya va Norvegiya terma jamoalari qoʻlga kiritdi. Ular ham erkaklar, ham ayollar dasturida 6 nafardan sportchini Pekinga olib borishi mumkin. Germaniya va Shvetsiya termalari 11 ta kvotaga ega boʻlishdi. Batafsil:
10 ta kvota: Avstriya, Belarus, Chexiya, Italiya, Rossiya Olimpiya qoʻmitasi, Ukraina;
8 ta kvota: Bolgariya, Kanada, Estoniya, Finlyandiya, Slovakiya, Shveysariya, AQSH;
6 ta kvota: Xitoy, Sloveniya, Yaponiya;
5 ta kvota: Belgiya, Litva, Polsha;
4 ta kvota: Moldova;
3 ta kvota: Janubiy Koreya;
2 ta kvota: Qozogʻiston, Latviya, Ruminiya;
1 ta kvota: Daniya, Yangi Zelandiya.
Eslatib oʻtamiz, Pekin-2022 Olimpiadasida biatlon bahslari 5-19-fevral kunlari boʻlib oʻtadi.