FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
17 Yanvar 2022 2603

Svetlana Radzivilni tabriklaymiz!

Bugun oʻzbek sportida oʻz nomini qoldirib ulgurgan hamyurtimiz Svetlana Radzivil tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Svetlana Mixaylovna Radzivil 1987-yil 17-yanvar kuni Toshkentda tavallud topgan. Yengil atletikaning balandlikka sakrash yoʻnalishi boʻyicha Osiyo oʻyinlarining uch karra chempioni, koʻp karra qitʼa chempionati gʻolibi va sovrindori boʻlgan vakilimiz bugun 35 yoshni qarshi olmoqda.

Svetlana Radzivil faoliyati davomida Pekin-2008, London-2012, Rio-2016 va Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlarida yurtimiz sharafini himoya qildi. Hozirda joriy yil boʻlib oʻtadigan Osiyo oʻyinlarida navbatdagi gʻalabani qoʻlga kiritish uchun tayyorgarlik koʻrmoqda. Sportchimiz qoʻlga kiritgan muvaffaqiyatlari evaziga davlatimiz tomonidan “Shuhrat” medali, “Doʻstlik” ordeni va “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi sportchimizni tavallud kuni bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan gʻalabalar tilab qoladi.

Text to speech