16 Yanvar 2022
1920
Ravshan Xodjayev va Saidjamshid Jafarovni tabriklaymiz!
Bugun tajribali murabbiy, Shahram Gʻiyosov kabi Olimpiya oʻyinlari va jahon chempionati sovrindorlarini yetishtirib chiqargan mutaxassis, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” faxriy unvoni sohibi Ravshan Xodjayev oʻz tavallud ayyomini nishonlamoqda. Tajribali mutaxassis bugun 42 yoshni qarshiladi.
Shuningdek terma jamoamiz aʼzosi, Osiyo chempioni, Oʻzbekiston chempioni, “Shuhrat” medali sohibi Saidjamshid Jafarov bugun 23 yoshga qadam qoʻydi.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi har ikki vakilimizni tavallud ayyomi bilan tabriklab, ularga uzoq umr va sihat-salomatlik, yangi gʻalabalar tilab qoladi.