15 Yanvar 2022 2942

RSTIAM shifokorlari bokschilarimizning salomatligini ko‘zdan kechirishdi

Ayni kunlarda boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Yangiobodda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib bormoqda. Bugun MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining (RSTIAM ) shifokorlari yig‘indagi sportchilarimizning salomatligini ko‘zdan kechirishdi.

Tekshiruvni RSTIAM bo‘limi boshlig‘i Sunnatilla Yo‘lchiyev hamda malakali shifokor Tatyana Taralyova o‘tkazdilar. Dastavval, sportchi, murabbiy va bazadagi boshqa mutasaddilarda koronavirus infeksiyasining alomatlari bo‘yicha tekshiruv olib borildi. Shundan so‘ng sportchilarning o‘zlarini qanday his etishayotgani bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazilib, bazadagi epidemiologik vaziyat ham ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilar tashrif davomida sportchi va murabbiylarimizga salomatliklarini asrash bo‘yicha o‘zlarining tegishli ko‘rsatma va tavsiyalarini berishdi.

Text to speech