FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
15 Yanvar 2022 3457

Zaynab Dayibekova Jahon kubogi medali uchun jang olib boradi

Gruziyaning Tbilisi shahrida qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi turniri boshlandi. Ayollar dasturida hamyurtimiz Zaynab Dayibekova (22, reytingdagi oʻrni) medallar uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi.

Yuqori reytingi sabab qoraqalpogʻistonlik hamyurtimiz 1/64 final bosqichidan bahslarga qoʻshilmoqda. Afsuski, start olgan barcha yosh vakillarimiz saralashda imkoniyatni boy berib qoʻyishdi. 1/32 finalga yoʻl olish uchun Dayibekova fransiyalik Amaliya Emini (43) magʻlubiyatga uchratishi kerak.

Zaynab ushbu raqib toʻsigʻidan oʻta olsa, yaponiyalik Norika Tamura (11) hamda italiyalik Eliza Passaro (54) bahsi gʻolibi bilan toʻqnash keladi. Boʻlajak bahslarda yurtdoshimizga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Text to speech