FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
14 Yanvar 2022 2840

Regbichilarimizning ham yangi mavsumga tayyorgarligi qizgʻin davom etmoqda

Regbi-7 boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalarimizni ham yangi mavsumda bir qator musobaqalar kutib turibdi. Ular orasida mart oyida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boʻladigan “Asia Rugby Sevens Trophy-2022” xalqaro turniri alohida ahamiyatli.

Hozirda terma jamoalarimiz Toshkent viloyatining Yangiobod maskanidagi Respublika oʻquv-mashgʻulotlar bazasida yigʻin olib bormoqda. Unda terma jamoamiz asosiy tarkibi uchun daʼvogar 32 nafar regbichi shugʻullanmoqda.

29-yanvarga qadar davom etadigan ushbu yigʻin orqali terma jamoamiz murabbiylar shtabi yangi mavsum uchun tarkibning asosiy qismini saralab oladi. Eslatib oʻtamiz, regbichilarimizni ham bu yil Xitoyning Xanchjou shahrida oʻtadigan kattalar oʻrtasidagi XIX Osiyo oʻyinlari va Shantau shahri mezbonlik qiluvchi yoshlar oʻrtasidagi III Osiyo oʻyinlari kutib turibdi.

Text to speech