FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
13 Yanvar 2022 2878

Rustam Shoabdurahmonov va Azizjon Kamilov xalqaro yigʻinning bugungi mashgʻulotlarini kuzatishdi

Poytaxtimizdagi “JAR” sport sogʻlomlashtirish majmuasida dzyudo boʻyicha xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻini davom etmoqda. Toʻqqiz davlat terma jamoalari ishtirokida oʻtayotgan bugungi mashgʻulotlarni bevosita Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi Rustam Shoabdurahmonov kuzatib bordi. Unga oʻrinbosari, Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov hamrohlik qildi.

Rustam Mavzurovich mashgʻulotlarni kuzatish asnosida terma jamoa bosh murabbiyi Ilias Iliadis bilan ham suhbatlashdi. 2022-yil dzyudochilarimizni masʼuliyatli musobaqalar kutib turibdi. Terma jamoamiz Xitoyning Xanchjou shahrida oʻtkaziladigan Osiyo oʻyinlari hamda Toshkent shahri mezbonlik qiladigan kattalar oʻrtasidagi jahon chempionati, shuningdek, Gran-Pri va “Katta dubulgʻa” turnirlarida ishtirok etadi. MOQ rahbari bugungi pandemik vaziyatda dzyudochilardan ehtiyotkorlikni yanada oshirishni soʻrab oʻtdi va boʻlajak nufuzli musobaqalarda ularga omad tiladi.

Eslatib oʻtamiz, ushbu xalqaro yigʻin 25-yanvarga qadar davom etadi.

Text to speech